📄

Ommaviy oferta

Oxirgi yangilanish: 18.10.2026

"2-Miya" botiga xush kelibsiz! Botdan foydalanishni boshlash orqali siz quyidagi oddiy qoidalarga rozilik bildirasiz: - Xizmat haqida: Bot va Mini App sizga ovozli hamda matnli eslatmalar yaratish, jamoaviy eslatmalar qoʻyish va Google Calendar bilan integratsiya qilish imkonini beradi. - 7 kun bepul: Har bir yangi foydalanuvchi uchun 7 kunlik toʻliq bepul sinov muddati taqdim etiladi. - Toʻlov va obuna: Sinov muddati tugagach, xizmatdan foydalanishni davom ettirish uchun oʻzingizga mos tarifni tanlaysiz. Toʻlov qilingach, bajarilgan obuna summasi qaytarilmaydi (xizmat toʻliq toʻxtatilgan hollar bundan mustasno). - Avto-toʻlov (obunani avtomatik uzaytirish): Ixtiyoriy xizmat, faqat bir oylik va undan uzoq tariflarda ishlaydi. Toʻlov sahifasida «… shu kartadan … avtomatik yechilishiga roziman» belgisi bilan tasdiqlab, kartangizni ulaganingizda yoqiladi. • Karta maʼlumotlari Rahmat toʻlov tizimining himoyalangan sahifasida kiritiladi. 2-Miya karta raqami, amal qilish muddati va SMS-kodlarni koʻrmaydi va saqlamaydi — faqat toʻlov tizimi bergan token (shifrlangan holda) va kartaning yashirilgan raqami saqlanadi. • Obunangiz tugagan boʻlsa, birinchi toʻlov karta ulangandan soʻng darhol yechiladi; faol boʻlsa — joriy muddat tugagan kuni. Keyin har davr oxirida tanlangan tarifning amaldagi narxi yechiladi va obuna yana shu muddatga uzaytiriladi. • Har bir navbatdagi yechishdan 1 kun oldin botda sana, summa va karta koʻrsatilgan xabar yuboriladi. Tarif narxi oʻzgarsa, yangi narx faqat keyingi yechishdan qoʻllanadi va shu xabarda koʻrsatiladi. • Toʻlov oʻtmasa (mablagʻ yetarli emas, karta bloklangan va h.k.), keyingi kunlarda yana urinib koʻriladi. Ketma-ket 3 urinish oʻtmasa, avto-toʻlov oʻchiriladi va bu haqda xabar beriladi. • Avto-toʻlovni istalgan vaqtda Mini App → Obunam → «Avto-toʻlovni oʻchirish» tugmasi bilan oʻchirasiz. Shundan soʻng kartadan pul yechilmaydi, toʻlangan obuna esa muddati oxirigacha ishlaydi. Avto-toʻlov yoki profilingiz oʻchirilganda karta tokeni toʻlov tizimida ham bekor qilinadi. • Avto-toʻlov orqali yechilgan summaga ham “Toʻlov va obuna” sharti qoʻllanadi. Texnik xato tufayli ortiqcha yoki bir davr uchun ikki marta yechilgan summa qaytariladi — buning uchun quyida koʻrsatilgan manzilga yozing. - Texnik holat: Biz eslatmalarni oʻz vaqtida yetkazish uchun barcha choralarni koʻramiz. Biroq Telegram va boshqa tashqi xizmatlar (masalan, Google Calendar) ishida yuzaga kelgan uzilishlar uchun javobgar emasmiz. - Toʻxtatish: Siz istalgan vaqtda botdan foydalanishni toʻxtatishingiz va maʼlumotlaringizni oʻchirishni soʻrashingiz mumkin. Yordam yoki takliflar uchun: @muhriddinorzimatov